AHOLINING BANKLARDAGI OMONATLARINI KAFOLATLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20594277Abstract
Aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash mexanizmini takomillashtirish masalalari
ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Omonatlarni kafolatlash tizimining iqtisodiy mohiyati, bank tizimi barqarorligini
ta’minlashdagi o‘rni hamda omonatchilar manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek,
xalqaro tajriba asosida Yevropa Ittifoqi, Qozog‘iston, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Rossiya va Turkiyada
omonatlarni kafolatlashning maksimal miqdorlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda jismoniy shaxslarning talab
qilib olinguncha omonatlari, muddatli omonatlari, jamg‘arma omonatlari va jamg‘arma sertifikatlari omonatlarni
kafolatlash obyekti sifatida ko‘rib chiqilgan. Omonatlarning kafolatlangan miqdoridan ortiq qismini bankdan
talab qilishning ikki bosqichli himoya mexanizmini joriy etish taklif qilingan. Ushbu mexanizm kafolatlangan
omonat qismini davlat tomonidan tezkor kompensatsiya qilish, kafolatlanmagan qismini esa bankni tugatish
yoki bankrotlik jarayonida bank aktivlari hisobidan kreditorlik talabi sifatida qoplash tartibini nazarda tutadi.
Taklif etilgan yondashuv omonatchilar huquqlarini himoya qilish, kafolatlash tizimining shaffofligini oshirish
hamda bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Keywords
omonat, depozit, omonatlarni kafolatlash, kafolatlangan summa, kafolatlanmagan qism, tijorat banki, bankrotlik, kompensatsiya, omonatchilar huquqlari, bank tizimi barqarorligi.References
White E.N. The Legacy of Deposit Insurance: The Growth, Spread, and Cost of Insuring Financial Intermediaries. –
Chicago: University of Chicago Press, 1998. URL: https://www.nber.org/books-and-chapters/legacy-deposit-insurance
Demirgüç-Kunt A., Kane E.J., Laeven L. Deposit Insurance Database // IMF Working Paper. – 2014. URL: https://www.
imf.org/en/Publications/WP/Issues/2016/12/31/Deposit-Insurance-Database-41710
Kane E.J. Three Paradigms for the Role of Capitalization Requirements in Insured Financial Institutions // Journal of
Banking & Finance. – 1989. URL: https://doi.org/10.1016/0378-4266(89)90051-8
Beck T. Bank Competition and Financial Stability: Friends or Foes? // World Bank Policy Research Working Paper. – 2007. URL: https://documents.worldbank.org
Barth J.R., Caprio G., Levine R. Rethinking Bank Regulation: Till Angels Govern. – Cambridge: Cambridge University
Press, 2012. URL: https://doi.org/10.1017/CBO9780511996894
Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2020. – 356 b.
Elmirzayev Sh.X. Bank tavakkalchiliklarini boshqarish. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2020. – 284 b.

